Dasturchi bo'lish uchun matematika shart emas degan gapni dangasa va uzoqni ko'zlamayotgan dasturchilar aytishadi. Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib ayta olamanki matematika dasturchi hayotini o'zi kutganidanda ko'proq yaxshilay olishini ko'rib kelayabman. Gap isboti bilan, keling misollarga o'tsak.
Math is in Algorithms
Tasavvur qiling, siz interviyudasiz. Sizdan 1 dan 100 gacha bo'lgan sonlar yig'indisini xisoblash so'raldi. Barcha sonlarni qo'shib chiqaman deysizmi, yaxshi, 1 dan 1 milliongacha bo'lsachi, 1 dan N gacha bo'lsachi, n dan m gacha bo'lsachi? Demak bu yerda ham sizga matematika yordamga keladi. Javob: Arithmetic progression
Ushbu formula orqali siz x dan y gacha bo'lgan sonlar yig'indisini bemalol topa olasiz shunchaki
Maktabda sizga
Tabriklayman endi siz mana bu leetcode masalani ishlay olasiz. Qisqacha aytganda Matematikani o'rganish FAANG interviyularini yirtib tashlashni o'rgata oladi.
Math is in Tech world
Tasavvur qiling ikki inson podcast olishayabdi. Ular ikkisi ham juda muhim ma'lumot haqida gapirishdi, ammo teng gapirishgani uchun audio tushunarsiz xolatga kelib qoldi. Yokida bir odamdan interview olayotganingizda kimningdir bolasi yig'lab qoldi va siz interviyu olayotgan odamingizni ovozi eshitilmay qoldi. Bu yerda ham matematika yordamga keladi va javob: Fourier transform
Inson ovozi sinus oralig'ida tebrangani uchun ham bu formula orqali bemalol ovozlarni ajratishingiz mumkin. Ushbu matematik formuladan xattoki ovozdagi shumlarni yo'qtishda ham foydalanishadi. Tepadagi video orqali ko'p ma'lumot o'rgansangiz bo'ladi.
Conclusion
Xullas do'stlar sizlar ishlatayotgan va rivojlanayotgan barcha texnologik ishlarni ostida matematika mavjud. Matematikani o'rganaylik. Matematika foydaliligini do'stlaringizga ham isbotlab, tushuntirib bering.